8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

14:50 / 25.05.2019 3526

Yangiyer qishlog‘i aholisi o‘rtasida yuqumli kasalliklar bo‘yicha vaziyat barqaror ekani aytildi

Foto: KUN.UZ

Kun.uz saytida 24 may kuni «Bog‘cha yo‘q, guzar yo‘q, suv yo‘q, ish yo‘q. Popdagi 50 yildan beri unutilgan qishloqqa safar» sarlavha ostida maqola elon qilingandi

Respublika, viloyat va Pop tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari mutaxassislari tomonidan Pop tumani Yangiyer qishlog‘ida yashovchi aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar bilan kasallanish holati o‘rganilib, tahlil qilindi va quyidagilar aniqlandi:

Yangiyer qishlog‘i aholisiga  Pop tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Yangiyer Qishloq vrachlik punkti tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Qishloq aholisi o‘rtasida 2018 yil va 2019 yilning o‘tgan davrida virusli gepatit kasalligining “V” va “S” turlari qayd etilmagan. 

2019 yilning  4 oyida  virusli gepatit “A” kasalligi 4 ta holatda qayd etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kasallanish 65,6%ga kamaygan (2018 yilning 4 oyida 9 ta holatda virusli gepatit “A”  kasalligi qayd etilgan).  

Barcha qayd etilgan  virusli gepatit “A” kasalligi o‘choqlarida tuman DSENM mutaxassislari tomonidan zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

2019 yilning 4 oyida 135 nafar 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalari tomonidan o‘zlari mablag‘lari evaziga virusli gepatit A kasalligiga qarshi  emlangan.

2018 yil hamda 2019 yilning 4 oyi davomida Yangiyer qishlog‘i aholisi o‘rtasida suvchechak, qizamiq, ichterlama va boshqa turdagi yuqumli kasalliklar qayd etilmagan.

Yangiyer aholisi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda aholi va o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan. 

Hozirgi kunda Yangiyer qishlog‘i aholisi o‘rtasida epidemiologik barqarorlikni taminlashga qaratilgan tadbirlar Respublika DSENM tomonidan nazoratga olingan.

Top