16:00 / 26.05.2019
12100

Eron Fors ko‘rfazi davlatlariga hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzishni taklif qildi

Foto: REUTERS

Tehron Fors ko‘rfazi davlatlari bilan barqaror munosabatlar o‘rnatishga urinmoqda va ular bilan hujum qilmaslik to‘g‘risida pakt imzolashga tayyor. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma'lum qildi, deb xabar berdi Al-Arabiya telekanali.

Shu bilan birga, Zarif Eron "har qanday iqtisodiy yoki harbiy tajovuzga qarshilik qilishini" bildirdi.

O‘z navbatida Bag‘dod Vashington va Tehron o‘rtasidagi inqirozda vositachi sifatida qatnashishga tayyorligini ma'lum qildi.

"Eronni iqtisodiy qamal qilish befoyda. Biz Vashingtonning bir tomonlama qadamlarini inkor qilamiz, yon qo‘shnimiz Eron bilan birga bo‘lamiz va ikki davlat o‘rtasida vositachilik qilamiz", dedi Iroq tashqi ishlar vaziri Muhammad al Hakim.

Eslatib o‘tamiz, Bag‘dodda 26 may kuni Eron va Iroq tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid
Top