8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

11:22 / 26.05.2019 25433

Ilon Mask uchirgan 60 ta sun'iy yo‘ldosh osmonda tizilishib harakatlanayotgani kuzatildi (video)

Foto: sattrackcam.blogspot.com

24 may kuni oqshomda Yevropa aholisi osmonda tizilishib harakatlanayotgan “yulduzchalar”ni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Ko‘plab blogerlar va OAV noma'lum uchar obektlar haqida xabar bera boshlashgan, aslida esa bu obektlar amerikalik tadbirkor Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan global internet tizimi uchun orbitaga olib chiqilgan 60 ta Starlink sun'iy yo‘ldoshi bo‘lgan.

Niderlandiyalik havaskor astronom Marko Langbruk sun'iy yo‘ldoshlar uchib o‘tadigan joy va vaqtni avvaldan hisoblab chiqib, ularni kameraga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan. “Mana mening videoim, hayratdan dong qotishga tayyor turing”, deb izoh bergan videoga Langbruk.

Biroq Langbruk osmonda 56 ta sun'iy yo‘ldosh borligini sanab chiqqan, vaholanki Falcon 9 raketasi orbitaga 60 ta sun'iy yo‘ldosh olib chiqqan. Bu sun'iy yo‘ldoshlar orbitaga olib chiqilmoqchi bo‘layotgan 12 mingta sun'iy yo‘ldoshdan birinchilari hisoblanadi. Astronom muntazam ravishda o‘n minglab sun'iy yo‘ldoshlar uchib yuradigan osmon tasviridan xavotir bildirgan.

Ta'kidlanishicha, 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi ushbu holat Olmaota osmonida ham kuzatilgan. Shuningdek, Yaponiyada ham bu haqda ma'lum qilingan. 

Loyihaga ko‘ra, AQSh kompaniyasi butun sayyora bo‘ylab internet tarqatish uchun har biri 227 kg keluvchi 11943 ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat guruhni tashkil qiladi. Ulardan bir qismi 340 km, qolgan qismi esa 550 km, uchinchisi esa 1150 km balandlikdagi orbitalarda joylashtiriladi.  

Top