21:53 / 26.05.2019
27551

Mirjalol Qosimov «Paxtakor» bilan o‘yindan so‘ng iste'fo so‘rashini aytdi

«Paxtakor» - OKMK o‘yinidan (4:1) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov iste'foga so‘rashini ma'lum qildi. Uning so‘zlarini Tribuna.uz muxbiri keltirmoqda.

«Ko‘ryapsizlar, nechanchi uchrashuvdirki o‘yinimiz chiqmayapti. Rotatsiya qildik, lekin baribir foydasi bo‘lmayapti. O‘z maydonimizdagi «So‘g‘diyona» bilan o‘yinda ham, Samarqanddagi o‘yinda ham bir narsa kuzatildi: biz o‘yinning dastlabki 15 daqiqasida yomon o‘ynab, gol o‘tkazib yuboryapmiz.

«Paxtakor»ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Rahbariyatdan iste'fo so‘rayman. Qabul qilish qilmaslikni ular hal qilishadi. Savollar yo‘qmi? E, rahmat. Iftorlikka kechga qolyapsizlarmi?»,- deb hazillashdi so‘zi yakunida Mirjalol Qosimov.

Top