8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:20 / 26.05.2019 15890

NYT AQShdagi eng ko‘p haq oluvchi kompaniya rahbarlari ro‘yxatini e'lon qildi

Ilon Mask Foto: Globallookpress

2018 yilda Ilon Mask Tesla kompaniyasidagi ishi uchun olgan haq 2,28 mlrd dollarni tashkil etdi, bu uni AQShdagi eng ko‘p haq oluvchi kompaniya rahbariga aylantirdi, deb yozadi The New York Times gazetasi.

NYT ro‘yxat tuzishda oylik maosh, bonuslar, qo‘shimcha haq hamda aksiyalar uchun olinadigan to‘lovlarni hisobga olgan.

Nashrning yozishicha, Maskning Tesla’dagi daromadi bir yil ilgarigiga qaraganda 45 ming martaga oshgan. Shu bilan birga uning maoshi atigi 55 ming dollarni tashkil etgan, qolgan daromad kompaniya aksiyalari uchun olinadigan to‘lovlardan iborat.

Amerikadagi eng ko‘p haq to‘lanadigan kompaniya rahbarlari ro‘yxati quyidagicha bo‘ldi:

Tesla bosh direktori Ilon Mask, $2,28 mlrd.

Discovery Inc. prezidenti va CEO (bosh ijrochi direktor) Devid Zaslav, $129 mln.

Palo Alto Networks CEO Nayksh Arora, $125 mln.

Oracle direktorlar kengashi a'zosi Maykl Xerd, $108 mln.

Oracle bosh direktori Safra Kats, $108 mln.

T-Mobile US bosh direktori Jon Lejyer, $67 mln.

The Walt Disney prezidenti va CEO Robert Ayger, $66 mln.

PTC prezidenti va bosh direktori Jyeyms Xeppelmann, $50 mln.

Estée Lauder prezidenti Fabritsio Frida, $48 mln.

J2 Global SEO Vivek Shax, $45 mln.

AQShda 2018 yilda eng yuqori o‘rtacha maosh Celgene biotexnologiya kompaniyasida berilgan  — yiliga $263 ming. Keyingi o‘rinlarda Vertex Pharmaceuticals biofarmatsevtika kompaniyasi ($232 ming), Facebook ($228 ming), Palo Alto Networks ($223 ming), Alexion Pharmaceuticals ($223 ming) va Netflix striming-servisi ($202 ming).

Top