14:36 / 26.05.2019
20184

Peruda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Twitter /bomberosPE

Peru shimolida 8 balli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi AQSh geologik xizmati.

Xabarda aytilishicha, yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 7.41da (Toshkent vaqti bilan 12.41) qayd etilgan. Zilzila markazi Lagunas okrugidan 83 kilometr janubi-sharqda joylashgan. 

Hozircha qurbon bo‘lganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar berilmagan.

Top