15:35 / 27.05.2019
16302

Afg‘oniston bosh vazirining maslahatchisi otib o‘ldirildi

Foto: AP / Rahmat Gul

Afg‘oniston bosh vazirining maslahatchisi Nur Muhammad Arab Qunduz shahrida otib o‘ldirildi. Bu haqda mahalliy amaldorlarga tayanib Ariana News telekanali xabar berdi.

Telekanalning ma'lum qilishicha, yakshanba kuni bir guruh qurollangan noma'lum shaxslar Nur Muhammad Arabga hujum qilishgan. 

Otishma chog‘ida uning tansoqchilaridan biri jarohatlangan.

Voqeaga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Top