8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

00:42 / 27.05.2019 6326

Bag‘dod AQSh va Eron o‘rtasidagi inqirozda vositachilik qilishni taklif qildi

Iroq o‘zining ikki muhim ittifoqdoshi – AQSh va Eron o‘rtasidagi inqirozni tartibga solishda vositachilik qilishni taklif qildi.

“Biz yordam berish va vositachilik qilishga harakat qilmoqdamiz”, deb aytgan Iroq tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali al-Hakim eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuvda.

Al-Hakimning ta'kidlashicha, Bag‘dod maqbul yechimga erishish ustida ishlaydi. Uning aytishicha, Iroq Vashington tomonidan qabul qilinayotgan bir tomonlama qadamlarga qarshi.

Zarif o‘z navbatida Eron “o‘zining matonati va kuchi tufayli xoh iqtisodiy, xoh harbiy urush bo‘lsin, qarshilik ko‘rsata oladi”. U, shuningdek Eron va Fors ko‘rfazidagi davlatlar o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik bitimini tuzishga chaqirgan.

Ta'kidlash joiz, oxirgi vaqtda Eron va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan. 

Top