17:51 / 27.05.2019
12412

«Damas»ga yashirilgan katta miqdordagi videokassetalar aniqlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona xodimlari tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro T.A “Damas” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, mashinaning salon qismida qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgan xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 9 475 dona videokassetalar borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan tovar moddiy boyliklarning umumiy miqdori 142 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top