8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

13:47 / 27.05.2019 42416

Otabek Umarov Habib Nurmagomedov bilan mashg‘ulotda qatnashdi

Foto: Instagram /khabib_nurmagomedov

UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov bilan birgalikda mashg‘ulotda qatnashdi. Bu haqda Otabek Umarov o‘zining instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

Foto: Instagram /khabib_nurmagomedov

«Taniqli aralash jang san'ati ustasi, rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi.  U bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdik. Habib bilan mashg‘ulot o‘tkazgan hamyurtlarimiz ajoyib inson bilan muloqot qilishga muyassar bo‘ldilar.

U mashhurligiga qaramay, nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan. Habibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmagomedovning katta hissasi bor. 

U o‘g‘liga sportning ilk sirlarini o‘rgatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘ota olgan. Habib o‘z xalqining an'analariga sodiq munosib farzand, O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna»,- deb yozdi Umarov o‘z sahifasida.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Otabek Umarov (@otabek_muhammadalievich) on

Oldinroq Nurmagomedov Toshkentga kelgani haqida post joylagan va Samarqand palovini maqtagandi.

Top