17:17 / 27.05.2019
8186
Hayotingizning barcha sohasi uchun foydali bo‘lgan 10 odat

Maqsadga oson erishish, yaqinlar bilan munosabatlarni yaxshilash va o‘z-o‘zingiz bilan uyg‘unlikda yashash borasida «Layfxaker» o‘z maslahatlarini taqdim etadi.

Foto: Layfxaker

1. Haftada bir kuni kechki paytni yaqinlaringiz bilan biror yerga borish uchun ajrating. Masalan, shaharni aylaning, konsertga boring va sport o‘yinlarini o‘ynang. Bu munosabatlarni mustahkamlaydi.

2. Har hafta besh nafar yangi inson bilan tanishishga harakat qiling. Yoki o‘n nafar. Bu muloqot doirasini kengaytirish zaruriyatiga bog‘liq.

3. Har kuni yarim yoki bir soat davomida kundalik ishlarni bajarmaslikka harakat qiling. Tabiat qo‘yniga chiqing, yoga bilan shug‘ullaning, kitob o‘qing yoki yaqinlaringizning yonida bo‘ling.

4. Har kuni kechki payt qaydlar yozing. Shukr aytish hissini uyg‘otadigan narsalarni qoralang. Yana uxlashda xalaqit bermasligi uchun barcha to‘plangan fikrlarni ham qog‘ozga tushiring.

5. Eng muhim ishlarni tongda bajaring. Bu vaqtni bekor ketmasligiga yordam beradi. Ishingiz qay darajada murakkab bo‘lishiga qaramay, uni darhol bajarish lozim.

6. Kichik yutuqlarni ham nishonlang. Nimaga erishganingizni o‘zingizga eslating. Aks holda, kundalik ishlar bilan bo‘lib, o‘z muvaffaqiyatlaringizni ham sezmay qolasiz.

7. Shaxs sifatida rivojlanish borasida maslahatlar olish uchun podkastlar tinglang. Buni ishga ketish vaqtida yo‘lda, tozalash va taom pishirish vaqtida bajarish ham qulay.

8. Mutolaa qiling. Masalan, uyqudan oldin. Dam olish kunlari esa mutolaa va audiokitoblarga ko‘proq vaqt ajrating.

9. Sport bilan har kuni shug‘ullaning. 15 daqiqa ter to‘kishning o‘zi kifoya. Yurak buning uchun sizga minnatdorchilik bildiradi.

10 Kuniga sakkiz soat uxlang. Yoki miriqib uxlashga siz uchun qancha zarur bo‘lsa, shuncha dam oling.

Top