8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:21 / 27.05.2019 9193

Messi navbatdagi «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritdi

Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘z faoliyatida oltinchi marta Yevropada mavsumning eng yaxshi to‘purariga beriladigan «Oltin butsa»ga ega chiqdi.

Messi Ispaniya chempionatida 36 gol urdi va bu unga 72 ochko keltirdii.

Ochkolarni hisoblash tizimi quyidagi formulada kechadi: urilgan gollar soni chempionat koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. «Kuchli beshlik» chempionatlarida eng yuqori koeffitsiyent: 2,0.

Ikkinchi o‘rinni «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe egalladi, uchinchi o‘rinni «Sampdoriya» hujumchisi Fabio Kvalyarella band etdi.

«Oltin butsa»-2019 uchun kurash: 
1. Lionel Messi («Barselona») – 36 gol (x2,0)/72 ochko 
2. Kilian Mbappe («PSJ») – 33 gol (x2,0)/66 ochko 
3. Fabio Kvalyarella («Sampdoriya») – 26 gol (x2,0)/52 ochko 
4. Duvan Sapata («Atalanta») – 23 gol (x2,0)/46 ochko 
5. Mbayye Dyan («Galatasaroy») – 30 gol (x1,5)/45 ochko 
6–11. Muhammad Saloh («Liverpul»): 22 gol (x2,0)/44 ochko
6–11. Robert Levandovski («Bavariya»): 22 gol (x2,0)/44 ochko 
6–11. Nikolya Pepe («Lill»): 22 gol (x2,0)/44 ochko 
6–11. Per-Emerik Obameyang («Arsenal»): 22 gol (x2,0)/44 ochko
6–11. Sadio Mane («Liverpul»): 22 gol (x2,0)/44 ochko
6–11. Kshishtof Pyontek («Milan»): 22 gol (x2,0)/44 ochko
12-17. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 21 gol (x2,0)/42 ochko
12-17. Dushan Tadich («Ayaks») — 28 gol (x1,5)/42 ochko 
12-17. Lyuk de Yong (PSV) — 28 gol (x1,5)/42 ochko 
12-17. Luis Suares («Barselona») — 21 gol (x2,0)/42 ochko 
12-17. Serxio Aguero («Manchester Siti») — 21 gol (x2,0)/42 ochko 
12-17. Karim Benzema («Real») — 21 gol (x2,0)/42 ochko.

Top