8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

13:22 / 27.05.2019 4473

O‘zbekiston - Germaniya - Xitoy: turizm sohasidagi yangi loyihaga start berildi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Xitoyning China Tours Hamburg CTH GmbH yetakchi turistik kompaniyasi Uzbekistan symbol of the magic east yozuvi aks etgan lyuks avtobuslarda Germaniyadan O‘zbekiston orqali Xitoyga yo‘l oldi.

Germaniyada bosh qarorgohi joylashgan Xitoyning China Tours Hamburg CTH GmbH kompaniyasiga 1998 yilda asos solingan bo‘lib, dunyoning eng yirik tur kompaniyalaridan biri sifatida ayni damda Berlin, Frankfurt, Myunxen, Pekin, Shanxay, Guylin shaharlarida o‘z ofislariga ega.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil avvalida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Berlinda tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Aqqulovning China Tours Hamburg CTH GmbH kompaniyasi rahbari Andreas Lans bilan uchrashuvi chog‘ida New Silk Road loyihasi doirasida Ipak yo‘li turizmini keng targ‘ib etishga qaratilgan yangi kelishuvlarga erishilgan edi.

Mazkur loyiha orqali O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘li shaharlari bo‘ylab ziyorat tashkil etiladi. Shuningdek, loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlar delegatsiyalari vakillari ishtirokida tantanali tadbirlar ham tashkil etiladi.

Qayd etish joizki, Ipak yo‘li turizmini targ‘ib etuvchi tur, shuningdek, Germaniyaning 15 dan ortiq yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan ham keng yoritiladi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Top