8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

20:44 / 27.05.2019 22357

O‘zbekiston gilosi Britaniya bozorlarida paydo bo‘ldi

Foto: «Dunyo» AA

25 may kuni O‘zbekiston-Britaniya savdo-iqtisodiy munosabatlari tarixida ilk bor London peshtaxtalariga, xususan xalqaro g‘arbiy bozorga Namangan viloyatidan sarxil gilos mevalari yetkazib berildi, deb xabar berdi «Dunyo» AA.

Agentlikning ma'lumot berishicha, Western International Market dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari sotiladigan Londondagi eng yirik ulgurji bozorlaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston giloslarini Britaniyaga import qilgan AKS Services Group kompaniyasi bosh direktori Vais Kaisning qayd etishicha, bu tarixiy kun hisoblanadi.

«Bugun tarixiy kun. O‘zbekiston gilosining birinchi partiyasi ilk bor Britaniya bozoriga yetkazib berildi. Bizga Qishloq xo‘jalik vazirligi, Davlat karantin inspeksiyasi, «O‘zstandart» agentligi va O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi katta yordam berdi», - dedi u.

AKS Services Group kompaniyasi vakillarining aytishlaricha, yaqin vaqt ichida Buyuk Britaniyaga Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yetishtirilgan piyoz, bodring, anor, xurmo hamda turli quritilgan mevalarni import qilish rejalashtirilgan.

Top