8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

10:09 / 27.05.2019 27573

Peterburgda o‘zbekistonlik migrant ayolni o‘ldirgan shaxs ushlandi. U o‘zbekistonlik yigit ekani aytilmoqda

Foto: TASS/ Rostislav Koshelev

Leningrad oblasti politsiyasi O‘zbekistondan kelgan ayolni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxsni aniqladi. U ayolning vatandoshi bo‘lib chiqdi. Fojiaga o‘zaro janjal sabab bo‘lgan.

Peterburg OAV xabariga ko‘ra, may oyining o‘rtalarida Sinyavino-1 yaqinidagi Murmansk shossesi yonida xandaqdan topilgan ayolni o‘ldirganlikda o‘z vatandoshi gumonlanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, ayol 42 yoshda, tanishi esa 24 yoshda bo‘lgan. Dastlabki versiyaga ko‘ra, 2 may kuni ular kechki payt Peterburgdagi Prajskaya ko‘chasida joylashgan uyda birga bo‘lishgan. O‘rtada qandaydir janjal kelib chiqqan va vaziyat fojia bilan yakun topgan.

Ayol o‘rmonga olib borilib, tayoq bilan urib o‘ldirilgan. Zarbalar izi asosan bosh qismida qayd etildi.

Leningrad oblasti Tergov qo‘mitasi tomonidan qotillik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Top