8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

09:32 / 27.05.2019 10264

Video: «MYu» afsonalari «Bavariya» afsonalarini yirik hisobda mag‘lub etishdi

Foto: AFP/Getty Images

26 may kuni «Manchester Yunayted» va «Bavariya» afsonalari o‘rtasida «qizil iblislar»ning 1999 yildagi treblining 20 yilligi (chempionat, Angliya Kubogi va Chempionlar ligasi) sharafiga xayriya uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘yin Manchesterdagi «Old Trafford» o‘yingohida tashkillashtirildi va o‘yinni tomosha qilish uchun 61 175 tomoshabin keldi. Uchrashuv maydon egalarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, gollarga Ole-Gunnar Sulsher, Duayt York, Niki Batt, Lui Saa va Devid Bekhem mualliflik qilishdi.

«Manchester Yunayted» – «Bavariya» – 5:0 (2:0)
Gollar
: Sulsher (5), York (3), Batt (79), Saa (85), Bekhem (90).
«MYu» afsonalari: Shmeyxel – Nevill, Stam, Yonsen, Irvin – Bekxem, Batt, Skoulz, Blumkvist – York, Koul.
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar: van der Gouv, Pilkington, Braun, Berg, Silvestr, Grining, Poborski, Saa, Sulsher, Mey, Sheringem.
«Bavariya» afsonalari: Butt – Vitechek, Demikelis, Matteus, Ottl – Ze Roberto, Effenberg, Serjiu – Olich, Makay, Elber.
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar: Dreyer, Babel, Pflyuger, Kuffur, Augentaler, van Byuyten, Nerlinger, Shternkopf, Shupp, Fink, Lakis, Yanker.

 

Top