8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

12:28 / 27.05.2019 14635

Yog‘ni yo‘qotib, mushaklarni saqlamoqchi bo‘lsangiz, och qoling

Nima uchun vaqti-vaqti bilan ovqatdan voz kechish parhezda o‘tirishga qaraganda yaxshiroq?

Foto: Pixabay

Vaqti-vaqti bilan och qolish parhezdan nimasi bilan farq qiladi?

Tanaffusli och qolish (Intermittentfasting, IF) – och qolish va cheklovlarsiz ovqatlanish vaqtini navbatma-navbat almashtirish davri. Masalan, sakkiz soat davomida ovqatlanishingiz va kelasi 16 soat davomida och qolishingiz mumkin. Bir sutka ovqatlanib, kelasi sutkada och qolishingiz, agar besh kun ovqatlansangiz, ikki kun och qolishingiz mumkin.

IF’ning parhezdan asosiy farqi ovqatlanish vaqtida o‘zingiz istagan taomni tanlashingizda. Sevimli mahsulotlarni ratsiondan chiqarish, kaloriyalarni hisoblash va porsiyani o‘lchash shart emas. Shuningdek, past kaloriyali parhezdan farqli ravishda holsizlikni his etmaysiz, shuning uchun osonlikcha ovqatlanish rejasiga amal qilishingiz mumkin.

Och qolish yordamida ozish mumkinmi?

Och qolish – ozish uchun yaxshi tanlov emasdek tuyuladi. Axir ratsion keskin qisqartirilganida organizm quvvatni saqlash rejimiga o‘tadi, ovqat olish imkoniga ega bo‘lganida esa kuchli tarzda yog‘ to‘playdi.

Bu mexanizm odamlarni istalgan qat'iy parhezdan keyin vazn to‘plashga majbur qiladi, biroq gap och qolish haqida ketganida u ish bermaydi.

Metabolizm bilan nima sodir bo‘ladi?

Gap shundaki, metabolizmning sekinlashuvi – tezkor jarayon emas. Tana yomon kunlar kelganini tushunishidan avval bir necha kun o‘tishi lozim.  

Bundan tashqari, ilk 14-36 soat och qolish vaqtida metabolizm to‘qqiz foizga ortadi. Ajdodlarimiz qanday sharoitlarda yashaganini yodga olsak, buni tushunish oson. Iste'mol qilishdan avval uni tutish yoki yig‘ib olish kerak edi. Jarayonlar sekinlashgan, quvvat esa mavjud bo‘lmasa, qanday yugurasiz?

Shuning uchun «yopilishdan» avval tana yegulik izlash uchun sizga 2-3 kun beradi va ana undan keyin tejamkorlik rejimiga o‘tadi.

Metabolizm ortganda, ovqat kelib tushmaganida zaxiradagilarni sarflash – yog‘larni eritib, ulardan yoqilg‘i sifatida foydalanish kerak.

Och bo‘lganingizda quvvat qayerdan keladi?

Quvvatning ikkita asosiy manbai mavjud – uglevod va yog‘lar. Deyarli har doim ular bir-birining o‘rnini bosishi mumkin. Uglevodlar bor – ularni quvvatga aylantiramiz, uglevodlar ko‘p bo‘lsa, ularning yog‘ini zaxiraga to‘playmiz, uglevodlar bo‘lmasa – zaxiradagi yog‘lardan foydalanamiz. Biroq istisnolar mavjud.

Miya yog‘lardan foydalana olmaydi: unga faqat uglevodlardagi glyukoza kerak. Chunki miya – bizda mavjud eng qimmatli narsa. Och qolish vaqtida glikogen ko‘rinishida zaxirada yotgan barcha glyukozani yeb bitiradi, keyin esa jigar yog‘ kislotalarini keton tanalar – energiyaning muqobil manbaiga qayta ishlaydi.

Bu vaqtda organizmning qolgan qismi yog‘ hujayralaringizdan olingan yog‘ kislotalarini yeb bitiradi.

Bu oddiy nazariya emas, IF amaliyotda yaxshi natijalar beradi: uch oy davomida har ikki kunda bir marta och qolish 3-5,5 kg yog‘dan xalos bo‘lishda yordam beradi.

Past kaloriyali parhez tezroq ishlaydi: o‘sha vaqt davomida 1-4 foizga ko‘proq yog‘ni yo‘qotishda yordam beradi. Biroq uning bitta katta kamchiligi bor: yog‘ bilan birga mushak massasini ham yo‘qotasiz. Uzoq parhezdan farqli ravishda davriy och qolish mushaklarga ta'sir ko‘rsatmaydi.

Davriy och qolish mushaklarga qanday ta'sir qiladi?

Och qolish past kaloriyali parhezga qaraganda mushak massasini 3-4 marta ko‘proq saqlaydi. 2-3 oy davomida davriy och qolish mushak massasiga umuman ta'sir qilmaydi yoki uni ahamiyatsiz ravishda kamaytiradi.

Mushak hajmi o‘zgarmasa ham och qolishning yumshoq rejimi bilan (16 soat och qolish, 8 soat ovqatlanish) siz kuch ko‘rsatkichlarini oshirishingiz mumkin. Shunday ekan, tashqi ko‘rinish uchun emas, sport natijalariga erishish uchun och qolayotgan bo‘lsangiz, davriy och qolish ko‘rsatkichlaringizga ta'sir qilmaydi.

Mushaklarni yo‘qotmay ozish – davriy och qolishning yagona ijobiy jihati emas. IF’ning ko‘p sonli ishqibozlari ovqatlanishning bunday rejimini sog‘liq uchun foydasi sabab tanlashadi.

Top