23:23 / 27.05.2019
32497
Zelenskiy prezident sifatida ilk bor Donbassga keldi
Foto: RIA Novosti

Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatida ilk bor Lugansk oblastidagi Ukraina armiyasi joylashgan hududga keldi. Bu haqda Ukraina prezidentining matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, u kuzatuv postlari va blindajlarda bo‘lgan.

Shuningdek, Zelenskiy yashash sharoitlari bilan tanishgan va harbiylarning ta'minotini yaxshilash zarurligini qayd etgan.

"Ukrainani himoya qilayotgan harbiylar sharoitlari yaxshi bo‘lishi lozim", — degan u.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatidagi birinchi o‘rindagi vazifasi Donbassdagi urushni to‘xtatish ekanligini aytgandi.

Top