8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:43 / 28.05.2019 16121

Alimentchi ona qamaldi

Illyustrativ foto

Negadir har doim ijtimoiy tarmoqlardagi alimentchi ota, qarzdor ota degan sarlavha ostidagi malumotlarni to‘g‘ri hazm qilamiz, ko‘z o‘ngimizdan o‘z farzandini o‘ylamaydigan beburd otalar namoyon bo‘ladi. Bunday holatga allaqachonlar ko‘nikkanmiz, lekin alimentchi ona degan sarlavhaga nima deysiz. Darhol e'tiboringizni tortdi-a? Keling, voqeani batafsil oshkor etamiz.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 26.01.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor ona A.Z.dan undiruvchi L.Z. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining ta'minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Alimentchi onaga ijro hujjati talabi to‘liq tanishtirilib, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirida O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. 

Biroq, alimentchi ona 2018 yilning fevral oyidan 2019 yilning mart oyiga qadar voyaga yetmagan, nogironligi bor 1 nafar   farzandini moddiy ahvolini o‘ylamay, ijro hujjatida belgilangan miqdordagi aliment pullarini to‘lamay kelgan.

Qarzdor ona A.Z. 15 oy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 6 mln. so‘mdan ortiq miqdordagi aliment pullarini to‘lamasdan, farzandini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlagani uchun   O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-4-moddasiga asosan qarzdor A.Z.ga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shundan so‘ng qarzdor A.Z.dan majburiy tartibda 01.05.2019 yil holatiga 6.456.000 so‘m aliment qarzdorligi nogironligi bor voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun undirib berildi.

Top