8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

01:42 / 28.05.2019 37757

Germaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.  

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28 may kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.

Shuningdek, Germaniya prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Frank-Valter Shtaynmayyer 29 may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.

Top