8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

15:28 / 28.05.2019 6204

Human Righs Watch asoschisi vafot etdi

Foto: law.nyu.edu

Amerikalik noshir va Human Righs Watch (HRW) huquqni himoya qilish tashkiloti asoschisi Robert Bernshteyn 96 yoshida Manxettendagi kasalxonalardan birida vafot etdi, deb xabar berdi New York Times.

Robert Bernshteyn 1966 yildan 1990 yilgacha Random House nashriyotiga rahbarlik qilgan. U 1970-yillarda huquqni himoya qilish bilan faol shug‘ullangan. 1978 yilda u bir nechta huquqni himoya qilish guruhlarini tashkil qilgan, ular 1988 yilda yagona Human Righs Watch tashkiloti bo‘lib birlashgan. Bernshteyn 1998 yilda tashkilot rahbarligini tark etgan.

Nashrning yozishicha, Bernshteyn hayotining oxirgi yillarida talabalarga dars bergan va Xitoyda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha kampaniyalar o‘tkazgan. U 2011 yilda Advancing Human Righs deb nomlangan yangi tashkilotga asos solgan.

Top