8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

11:50 / 28.05.2019 4512

«MIFI» filiali 17 iyundan hujjatlar qabul qilishni boshlaydi

Foto: MIFI

Rossiya milliy yadro tadqiqot institutining “Moskva injyenerlik-fizika instituti” (MYaTI MIFI) shu yili yozda Toshkentda ochilishi kutilayotgan filialiga birinchi abituriyentlarni qabul qilishga tayyor. Bu haqda “O‘zatom” xabar bermoqda.

Institutning qabul hay'ati o‘z ishini joriy yilning 17 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “Fizika fakulteti” binosida boshlaydi. Hujjatlarni qabul qilish 2 iyulga qadar davom etadi. 

Abituriyentlar MYaTI MIFI filialiga fizika, matematika va rus tili bo‘yicha o‘tkaziluvchi imtihon natijalariga ko‘ra qabul qilinadi. Imtihonlar 3 iyuldan 9 iyulga qadar rossiyalik o‘qituvchi va mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, javoblar 12 iyul kuni e'lon qilinadi.   

Eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar talaba davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinib bepul ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Bu yilgi qabul bakalavriatning quyidagi to‘rt ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi:   

•  Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi; 
•  Yadro fizikasi va texnologiyalari;
•  Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;
•  Elektr energetikasi va elektr texnikasi.

Institut talabalari yadroviy energetika va issiqlik fizikasi sohasida xalqaro me'yorlar asosida injyener-texnik mutaxassisligi bo‘yicha ta'lim oladilar. 

Filialning barcha bitiruvchilari O‘zbekistonda tan olinadigan Rossiya andozasidagi diplom oladilar hamda o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, “O‘zatom” agentligi tizimida doimiy ish bilan ta'minlanadilar.

Top