8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

20:43 / 28.05.2019 49789

Och qoringa nima yeyish mumkin emas?

Juda istasangiz ham qorin og‘rimasligi uchun qaysi mahsulotlarni yeyish mumkin emas?

Foto: Layfxaker

Tarkibida ziravorlar ko‘p bo‘lgan taomlar

Och qorningiz qurillashni boshlasa, achchiq ziravorlar qo‘shilgan xushbo‘y taomni iste'mol qilgingiz keladi. Biroq ziravorlar tufayli oshqozonda yoqimsiz hislar kuchayishi mumkin, - deb hisoblaydi Nyu-York universiteti qoshidagi Langone tibbiyot markazi gastroenterologi, tibbiyot fanlari doktori Liza Genji (Lisa Ganjhu).

Achchiq garmdori yoki qaylali taomni ikkinchi taom sifatida olib qo‘ygan ma'qul.

Nima yeyish kerak?

Achchiq taomlardan keyingi «yong‘in»ni o‘chirishni sut mahsulotlari a'lo darajada eplaydi va oshqozon devorlarini yumshoqlik bilan qoplaydi. Shuning uchun hind oshxonasi taomlari asosi yogurtdan iborat qaylalar bilan tortiladi. Shu bois och bo‘lganingizda achchiq taom qo‘yilsa, dastlab bir necha ho‘plam sut iching va shakar qo‘shilmagan yogurt iste'mol qiling.

Ziravorlarga ruxsat berilgan, biroq zira va kashnich hazm qilish tizimida noqulaylik uyg‘otadi.

Mevalar, agar bu yagona taom bo‘lsa

Olma yoki nok ochlik hissini o‘ldirmaydi, deydi Atlantadagi Ovqatlanish va parhez akademiyasi vakili, parhezshunos-nutritsionist,Tamara Melton (Tamara Melton). Mevalardagi shakar konfetdagi shakarga qaraganda qonga sekinroq kelib tushadi. Biroq u iste'mol qilish istagidan qutqarmaydi.

Mevalarga oqsil miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni qo‘shish kerak. Ular sekinroq hazm bo‘ladi, ochlik hissiga javobgar bo‘lgan gormon – grelin ishlab chiqarilishini bosadi. Aynan grelin miyaga ochlik haqida signal yuboradi.

Nima yeyish kerak?

Mevalarni yong‘oq va pishloq bilan iste'mol qiling. Meva va grekcha yogurt qo‘shilgan tvorog bir-biriga a'lo darajada mos keladi.

Snek, chips va pechene

Beshta krekerda 100 kilokaloriyagacha bo‘lishi mumkin. Biroq bu miqdor ochlik bilan kurashishda yordam bermaydi. Fastfud-tamaddilarning asosiy muammosi shunda: oson uglevodlarning yuqori miqdori qondagi qand miqdorini keskin oshiradi va bu ko‘rsatkich tezda tushadi. Siz yana ovqatlanishni istaysiz.

Nima yeyish kerak?

Tik turgan holatda tamaddi qilish uchun tovuq va kurka qo‘shilgan buterbrod olgan ma'qul. 200-300 kilokaloriya ochlik hissini yaxshiroq yengadi.

Apelsin, yalpiz, qahva, ketchup

Bu mahsulotlarning hammasi oshqozonda kislota ishlab chiqarilishiga hissa qo‘shadi. Agar ularni och qoringa yesangiz, oqibatlar jig‘ildon qaynashi va og‘rishi ko‘rinishida paydo bo‘ladi, deydi doktor Liza Genji. Och qorinda shusiz ham kislota ko‘p bo‘ladi. Qahva va kofein gastrit bilan kasallanganlarga salbiy ta'sir qiladi.

Nima yeyish kerak?

Sabzavotlarning katta qismi kislota ko‘p ajralishiga hissa qo‘shmaydi, bundan tashqari, undagi kletchatka gastritda yordam beradi. Sabzavot, no‘xatli va kartoshkali pyure – ochlikni qondirish uchun a'lo variant.

Top