8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:15 / 28.05.2019 7744

“O‘ztelekom” olis hududlardagi aholini internet bilan ta'minlash bo‘yicha hisobot berdi

Bugun, 28 may kuni “O‘ztelekom” AJ rahbariyati ishtirokida “O‘zbekistonning olis hududlarida yashovchi aholini optik tolali liniyalar orqali telekommunikatsion xizmatlar bilan ta'minlash” mavzusida brifing o‘tkazildi. Tadbirda saytimiz muxbirlari ham ishtirok etdilar.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning dastlabki 4 oyi davomida turli o‘lchamdagi 4 ming km.dan ortiq mis kabellar almashtirilgan, 2408 ko‘p qavatli uylar va 1108 maktablar sifatli aloqa tizimi bilan ta'minlangan, 5 ming km.dan ortiq optik tolali liniyalar yotqizilgan.

Hozir 54 272 dona VDSL va 146 944 sig‘imli GPON uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Internet bahosi o‘tgan yilga nisbatan 60 foizdan ko‘proq tushirishga va uning tezligi oldingidek“...gacha” o‘lcham bilan emas, aynan shartnomada ko‘rsatilgan darajada bo‘lishiga erishilgan.

Shuningdek, “O‘ztelekom” AJ tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan “Uz-IX” loyihasi haqida ham ma'lumot berildi. Bu piring tarmoq dunyoviy internet resurslarni lokalizatsiya qilish va sifatli mahalliy kontentlar yaratishga mo‘ljallangan.

Kun.uz muxbirining “shuncha sa'y harakatlarga qaramay, nega internet tezligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda O‘zbekiston quyi o‘rinlarda qolmoqda?” degan savoliga “O‘zbektelekom” AJ tijorat direktori v.b. Alisher Zufarov shunday javob berdi:

– Bu masala biz uchun ham og‘riqli va yaqin bir-ikki yil davomida dolzarbligicha qoladi. Sababi, qilinadigan ishlarimiz hali juda ko‘p. Eng muhimi internetni yetkazib beruvchi eski tizimni yangilab olishimiz vaqt talab qiladi va biz bu borada jadal ishlayapmiz.

Top