9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

21:53 / 28.05.2019 9029

Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialiga 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlandi 

Foto: gubkin.uz

Hukumat qarori bilan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram-kanalida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, filialga 2019-2020 o‘quv yilida 260 nafar talaba qabul qilinadi. 

Qayd etilishicha, ularning 30 nafari filialning Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘limi bitiruvchilari hisobidan shakllantiriladi.

Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 2007 yilda tashkil etilgan.

Top