8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:50 / 28.05.2019 24661

Zelenskiy Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytarib berdi

Foto: RIA Novosti / Stringer

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq rahbari Mixail Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytarib berdi. Bu haqdagi tegishli farmon Ukraina prezidenti saytida e'lon qilindi.

Avvalroq "Strana.ua" nashri Mixail Saakashvili 31 may kuni Ukrainaga qaytishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Nashrning bildirishicha, Saakashvili navbatdan tashqari parlament saylovlari oldidan o‘zining "Yangi kuchlar harakati" partiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi. 

Ukrainaning avvalgi prezidenti Pyotr Poroshenko 2017 yil iyulida Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilgandi.

Ukrainada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng Saakashvili mamlakatga qaytishga qaror qilganini bildirdi. 

Top