22:40 / 29.05.2019
30530
Endi ular ikkita. Tojikiston prezidentining o‘g‘li farzandiga Imomali deb ism qo‘ydi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam Imomalining oilasida uchinchi farzand dunyoga keldi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa bobosining sharafiga Imomali deb ism qo‘yishdi. Rustam Imomalining ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan chaqaloq endi rasman xuddi bobosi kabi Imomali Rahmon deb ataladi.

Imomali Rahmon serfarzand oila rahbari va uning 9 nafar farzandi bor. Ulardan 7 nafari qiz (Feruza, Ozoda, Taxmina, Parvina, Ruhshona, Zarina, Farzona) va 2 nafari o‘g‘il (Rustam, Somon). Rahmonning to‘ng‘ich farzandi Feruza 44 yoshda. Kichik farzandi esa 20 yoshli o‘g‘li Somon.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, shu kunlarda prezidentning qizlaridan biri ham farzandli bo‘lgan. 31 yoshli Rustam Imomali ayni damda poytaxt Dushanbe shahri hokimi hisoblanadi. Uning uchta farzandi bor va Imomali u uchun ikkinchi o‘g‘il bo‘ldi. Rustam Imomalining katta o‘g‘liga Anushervon deb ism qo‘yishgan va u prezidentning sevimli nabirasi ekani aytiladi.

Top