8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

19:11 / 29.05.2019 4945

Hind YouTube-kanali dunyoda birinchi bo‘lib yuz million obunachiga ega bo‘ldi

Foto: CC0 / StockSnap

Hindistonning T-series kanali YouTube kanalida 100 million obunachi to‘plab rekord o‘rnatdi.

"Eng katta YouTube kanal bo‘lgan T-Series tarixiy natijaga erishdi va birinchi bo‘lib obunachilari soni 100 milliondan oshdi", - deyiladi kanalning Twitter sahifasida.

OAVning ma'lumot berishicha, keyingi oylarda T-series kanali YouTube’da birinchilikni egallash uchun videobloger PewDiePie kanali bilan kurash olib borgan. Uning kanali ancha vaqtgacha eng ko‘p obunachiga ega kanal hisoblanib kelgandi, ammo hozirda bu kanal obunachilari soni hind kanalinikiga nisbatan 3,8 million nafarga kamroq.

Teglar

Top