8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:09 / 29.05.2019 12301

Kreml Turkiyaga S-400 raketa majmualari muddatidan oldin yetkazib berilishini ma'lum qildi

Foto: Sergey Malgavko / TASS

S-400 «Triumf» zenit-raketa majmualari Turkiyaning iltimosiga ko‘ra, rejalashtirilgan muddatdan avvalroq yetkazib beriladi, deb ma'lum qildi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 

Aprel oyida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya S-400ni yetkazib berishni tezlatishi va iyul oyidan avvalroq berishi mumkinligini aytgandi.

O‘zaro shartnomaga ko‘ra, Rossiya Turkiyaga to‘rtta S-400 divizionini yetkazib beradi. Shartnoma qiymati 2,5 mlrd dollarga teng.

AQSh ushbu shartnomaga qarshi chiqmoqda va Anqaraga sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda. Vashington S-400 o‘rniga Patriot tizimini sotib olishni taklif etmoqda.

Top