19:43 / 29.05.2019
21967

Markaziy bankning Jizzax viloyati bosh boshqarmasiga ham yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Jizzax viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Hayitboyevich Haydarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilingan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurotovning buyrug‘iga bilan Sultonbek Xoliqnazarovich Alishev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Jizzax viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga qabul qilingan.

1975 yilda Do‘stlik tumanida tug‘ilgan S.Alishev Toshkent moliya institutini tamomlagan, uzoq yillar davomida Markaziy bankning Jizzax viloyati bosh boshqarmasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyatining mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

S.Alishev oilali. To‘rt farzandning otasi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Markaziy bankning Sirdaryo va Namangan viloyatlari bosh boshqarmalari boshliqlari ham o‘zgargan edi.

Top