8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

08:42 / 29.05.2019 6969

Meksika prezidenti bo‘lgan samolyot ikkinchi urinishda qo‘na oldi

Foto: REUTERS/Henry Romero

Meksikaning Volaris aviakompaniyasining bortida oddiy yo‘lovchilardan tashqari, Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador va uning rafiqasi bo‘lgan samolyot ikkinchi urinishdan keyin qo‘na oldi. Bu haqda Universal nashri xabar berdi. 

Poytaxt Mexikodan Tepik shahriga reys bajargan samolyot ekipaji havoga ko‘tarilgandan 50 daqiqa o‘tib muammo haqida xabar bergan. Yo‘lovchi samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagiga tegib o‘tib, so‘ngra yana havoga ko‘tarilgan. Uchuvchi ushbu harakat “xavfsizlik nuqtai nazaridan bajarilgani va xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini” ma'lum qilgan. 

5 daqiqadan keyin samolyot hech qanday ko‘ngilsizliklarsiz qo‘na olgan. Meksika prezidenti samolyot qo‘ngandan keyin jurnalistlarga bunday hodisalar bo‘lib turishi va ularda hech qanday jiddiy narsa yo‘qligini aytgan.

Obrador saylovoldi kampaniyasi vaqtida prezidentga belgilangan odatiy xavfsizlik choralaridan voz kechishga va'da bergan va va'dasi ustidan chiqqan. Jumladan, u safarlarga oddiy yo‘lovchi aviareyslarida jo‘naydi. 

Top