8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

21:59 / 29.05.2019 13686

Mixail Saakashvili Ukrainaga qaytdi (video) 

Foto: RBK-Ukraina

Gruziyaning sobiq prezidenti, 28 may kuni Ukraina fuqaroligi qaytarilgan Mixail Saakashvili Kiyevga qaytdi.

U Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan 2017 yil iyulda fuqarolikdan mahrum etilgandan keyin 2018 yil fevralda deportatsiya qilingan Varshavadan qaytgan. Saakashvilini Borispol aeroportida Gruziya va Ukraina bayroqlari bilan yuzlab odamlar va o‘nlab jurnalistlar kutib olgan. 

Siyosatchi aeroportga kelgach chiqish tomon olomon orasidan katta qiyinchilik bilan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. 

Saakashvili aeroport terminalidan ko‘chaga chiqqach, o‘z tarafdorlariga nutq bilan yuzlangan. Jumladan, u Ukraina katta sakrash qilib, Yevropaning eng muvaffaqiyatli davlatiga aylana olishini aytgan.

“Menda his-tuyg‘ular to‘lib-toshmoqda, chunki Ukraina havosidan nafas olish, Ukraina yeriga qadam bosish juda hayajonlidir. Deyarli bir yarim yil avval meni sobiq prezident qo‘riqchilari ushlab, Varshavaga chiqarib yuborgan. Bugun Varshavadan meni haydab chiqarishgan aeroportga qaytib keldim. Men prezident Zelenskiy qarori tufayli 65 mln ukrainalikning yurtdoshi bo‘lishimdan faxrlanaman”, deb aytgan siyosatchi.

Saakashvili yangi Ukrainani qurish uchun qaytganini qo‘shimcha qilgan.

“Men qattiq sevadigan mamlakatimga qaytdim. Men bu yerga o‘ch olish uchun kelmadim. Menga Odessada yo‘l berishmaganini qurish uchun keldim. Millionlab ukrainaliklar, yangi prezident, yangi jamoa bilan yangi Ukrainani qurishda ishtirok etmoqchiman”, deb ta'kidlab o‘tgan Saakashvili.

Top