16:19 / 29.05.2019
5978

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilindi

Sayyoraning eng yirik va eng muhim mukofoti hisoblangan Oskarga endilikda O‘zbekiston filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. 

Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilinib, AQSh kinoakademiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.  

Shu yilning 1 oktabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan 2020 yilning 9 fevral kuni Los-Anjyeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadigan 92-Oskar taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan film ilgari suriladi. 

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining a'zolari tarkibi va filmlarni saralab olish nizomi bilan tanishtirish maqsadida milliy qo‘mitaning koordinatsion  muassisi  O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi yaqin kunlarda O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi taqdimoti hamda matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan.

Dunyoning 90ga yaqin mamlakatida ochilgani singari O‘zbekistonda ham Oskar qo‘mitasini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga yosh kinoijodkorlarning Kann kinofestivali doirasidagi O‘zbekiston milliy pavilonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida erishildi.

Mavzuga oid
Top