8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

22:33 / 29.05.2019 37220

Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga keldi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga 29-30 may kunlariga belgilangan tashrifi doirasida Toshkentga yetib keldi. Medvedevni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib olgan.

Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston rahbariyati bilan ikki davlat qo‘shma loyihalarining amalga oshirilishini muhokama qiladi. Asosiy tadbirlar 30 mayga belgilangan. 

Rossiya bosh vaziri 30 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi, so‘ngra Urganchda bosh vazirlar darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq Rossiya hukumati matbuot xizmati Medvedevning tashrifi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, fan-ta'lim va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalariga hamda energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xo‘jaligidagi qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishiga bag‘ishlanishini ma'lum qilgandi. Shuningdek, hamkorlik haqidagi bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. 

Top