8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:35 / 29.05.2019 2052

Samarqand harbiy prokuraturasi 30 nafar nogiron bolaning davolanishiga yordam berdi

28 may kuni Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada xayriya tadbiri o‘tkazildi. Viloyat harbiy prokuraturasi tomonidan «1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyatida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar va qurolli kuchlar xizmatchilarining ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron farzandlariga yordam berildi.

Tadbir doirasida viloyatda xizmat qilayotgan harbiylarning 30 nafar nogironligi bor bolalari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj harbiylar oilasining 24 nafar bolalariga tibbiy muassasalarda statsionar va ambulator tartibda bepul davolanishiga yo‘llanma berildi. 2 nafar bolaning bepul operatsiya qilinishi rejalashtirildi.

Shuningdek bolalarga dori-darmon, protez-ortopediya va boshqa tibbiy anjomlar tarqatildi. Uch nafar bolaga nogironlik aravachasi topshirildi. Harbiy prokuratura bunday tadbirlarni yana o‘tkazishini ma'lum qildi.

Top