08:28 / 29.05.2019
22205

TDPU domlasi va maktab o‘qituvchisi ushlandi. Ular abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul talab qilgan

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.

Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Texnologiya va servis xizmati” kafedrasi o‘qituvchisi R.A. va Zangiota tumanidagi 39-sonli maktab o‘qituvchisi M.R. fuqaro A.U.dan jiyani J.T.ni ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 7.000 AQSh dollarini talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.A. va M.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top