13:00 / 29.05.2019
53535
Reklama

Toshkentda yangi, universal «Zelyonyy bazar»ning ochilishi bo‘lib o‘tdi

25 may kuni Toshkentda yana bir universal savdo maskani – «Zelyonyy bazar» ishga tushdi.

Kundalik hayotda supermarket yoki do‘konlarga kirib, mahsulotlar xarid qilish odatiy holga aylangan. Biroq shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ba'zan tanlov kamligi sababli biz izlagan narsani topa olmaymiz.

Bozorda esa mutlaqo o‘zgacha muhit. Dehqon-sotuvchilar, hamyonbop narxlar, erkin savdolashish – bularning bari bizlarni yana o‘sha biz bilgan va o‘rgangan bozorga chorlayveradi.

«Zelyonyy bazar» – an'anaviylik va zamonaviylikni birlashtirgan holda xaridorlarga unumli savdo qilish imkonini beruvchi savdo majmuasidir. Bu yerda siz nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki xonadon uchun kerakli bo‘lgan maishiy va attorlik buyumlari, texnik vositalar, dorixona va boshqa ko‘plab tovarlarni topishingiz mumkin.

Bozorning ochilish marosimi mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Yig‘ilganlar uchun ajoyib shou-dasturi, estrada yulduzlarining chiqishlari namoyish etildi.

Mazkur zamonaviy bozorning ishga tushirilishi mahalliy aholining zarur mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini tez va qulay qondirishga, har tomonlama sifatli xizmatni ta'minlashga yordam beradi.

«Zelyonyy bazar»ning boshqa savdo tarmoqlaridan farqi, u supermarketlarda mavjud sifat orqali xaridorlarga yangi, sifatli mahsulotlarni taqdim etadi. Qulay aravachalar orqali siz xotirjam bozorlik qilib, avtoturargohgacha olib borasiz. Shu bilan birga, siz istalgan mahsulotni xarid qilish chog‘ida bevosita sotuvchi bilan savdolashishingiz mumkin. Majmua gigiyenik jihatdan ham doimo nazorat ostida bo‘lib, xaridorlarga yoqimli muhit va ishonchli savdo ruhini ulashadi.

Ajoyib imkoniyat: Bozorning ochilishi munosabati bilan «Zelyonyy bazar» flayeriga ega xaridorlarga 10 foizli chegirma beriladi.

«Zelyonyy bazar» bilan barakali xaridni boshlang!

Manzil: Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani, Yangi Sirg‘ali ko‘chasi, 11a uy.

Mo‘ljal: Sergeli tumani sudi binosi yonida.

Murojaat uchun telefon: +99897 333-6666

Reklama huquqi asosida

Top