8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

18:52 / 29.05.2019 4135

Yevrokomissiya Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishi borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini bildirdi

Foto: Getty Images

Turkiya avvalgidek Yevroittifoqdan uzoqlashib bormoqda, chunki mamlakatning hamjamiyatga kirishi borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, deyiladi Yevrokomissiyaning YeIni kengaytirish siyosati to‘g‘risidagi hisobotida.

"Turkiya qonun ustuvorligi sohasida jiddiy chekinish qilib Yevroittifoqdan uzoqlashishda davom etdi. Turkiyaning a'zo bo‘lishi borasidagi muzokaralar amalda boshi berk ko‘chaga kirib qoldi", - deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga Yevrokomissiya Turkiya YeIning asosiy hamkori va hamjamiyat tarkibiga kirish uchun nomzod mamlakat ekanligini qayd etgan.

Turkiya YeIga kirish uchun 1987 yilda ariza bergan. Uning YeI tarkibiga qabul qilinishi bo‘yicha muzokaralar jarayoni 2005 yilda boshlangan. 

Top