8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

09:44 / 30.05.2019 14306

AQSh Eron sababli Yevropaga sanksiyalar bilan tahdid qildi  

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Yevropa Eron bilan Vashington kiritgan cheklovlarni chetlab o‘tib savdo qilishga imkon beruvchi mexanizmni ishga tushirsa, unga sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi. Bu haqda AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Sigal Mandelkerning “ogohlantiruvchi” maktubiga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi

Avvalroq Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eron bilan INSTEX (Instrument in Support of Trade Exchanges) deb nomlangan maxsus hisob-kitob qilish mexanizmini yaratishga kelishib olgandi. INSTEX Eron bilan dollardan boshqa valutalarda savdo qilish uchun yaratilgan.

Mandelker maktubida INSTEX ishga tushirilsa, uning yaratilishiga aloqador barcha AQSh moliya tizimidan istisno qilinishi aytilgan. Bloomberg’ning anonim manbasining ta'kidlashicha, Mandelker maktubi Yevropa davlatlariga ogohlantirish hisoblanadi. AQSh moliya vazirligida ushbu axborotga izoh berish iltimosiga AQSh “Eron bilan savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga qarshi cheklovlar joriy qilishi mumkinligi” aytilgan.

Top