8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

20:15 / 30.05.2019 4665

Avstriya kansleri lavozimiga ilk bor ayol kishi tayinlandi

Foto: Igor KOZLOV, «FAKTY»

Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen mamlakatning vaqtinchalik federal kansleri lavozimiga Brigitte Birlyaynning tayinlanishini e'lon qildi. Ayol siyosatchi sentyabrda o‘tadigan parlament saylovlarigacha muvaqqat hukumatga rahbarlik qiladi.

Avstriya konstitutsiyaviy sudi rahbari bo‘lgan Birlyayn Avstriya tarixida hukumatga rahbar etib tayinlangan ilk ayol kishi bo‘ldi.

Avvalroq Avstriya prezidenti kansler Sebastyan Kurs rahbarligidagi vazirlar mahkamasini o‘z majburiyatlaridan ozod etgandi. Avstriya milliy kengashi siyosiy mojaro sababli 32 yoshli Kursga ishonchsizlik bildirgandi.

Top