8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

13:46 / 30.05.2019 5573

MIB xodimini kaltaklagan shaxsga nisbatan jazo tayinlandi

Namangan shahrida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimiga qarshilik qilib unga tan jaroxati yetkazgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Kun.uz’ga JIB Namangan shahar sudi sudyasi Nodirbek Raimqulov ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, Namangan shahar Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi davlat inspektori D.T.ga shahardagi «Zarbdor» mahallasining barcha kommunal to‘lovlarini nazorat qilish biriktirilgan. U 2019 yilning yanvar oyida sherigi bilan «Zarbdor» mahallasiga tabiiy gaz va elektr energiyasini xatlovdan o‘tkazish maqsadida boradi va ushbu mahallada yashovchi Yu.T.ning uyi eshigini taqillatishadi.

D.T uydan chiqqan Yu.T.ga o‘zini tanishtirib, xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, tabiiy gaz va elektr energiyasi bo‘yicha to‘lov daftarchasini olib chiqishini tayinlaydi. Uy egasi MIB xodimiga to‘lov daftarchasini olib chiqadi, xodim to‘lov daftarchasida elektr energiyasidan yangi hisob-raqam ochilganini ko‘rib, T.Yu.dan buning sababini so‘raydi. Shunda u oldingi inspektor elektr energiyasidan 2,5 mln so‘m qarzi bo‘lgani sababli tarmoqdan uzganini, 2,5 mln so‘m to‘lab yangi hisob-raqam ochganini aytadi.

Shundan so‘ng, D.T. 2,5 mln so‘m to‘lagani haqidagi to‘lov kvitansiyasini taqdim etishini so‘raydi. Bundan Yu.T.ning achchig‘i chiqadi va MIB xodimini kaltaklab, unga yengil tan jarohati yetkazadi.

Olib borilgan surishtiruv va tergov ishlari natijasida Yu.T. Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida («Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Teglar

Top