12:29 / 30.05.2019
7275

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshqa binoga ko‘chirildi 

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshqa binoga ko‘chirildi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu sababli tuman IIO FMB 30 may kunidan quyidagi manzilda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Manzil: Buyuk Ipak Yuli ko‘chasi, 243 uy («Nodira Begim» mahallasi, mo‘ljal – sobiq Toshkent viloyati IIB, «Gulshan» bog‘i qarshisida). Navbatchi qism telefonlari: 71-267-33-50, 71-267-33-62 va 102.

Raqamlash tartibi o‘zgargani sababli, Mirzo Ulug‘bek tumani «Olmachi», «Podshobog‘», «Elobod», «Buyuk Ipak Yuli», «Turon» mahallalariga xizmat ko‘rsatadigan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 1-ichki ishlar bo‘limi endi 6-ichki ishlar bo‘limi bo‘ldi va 30 maydan shu manzilda joylashgan: Bo‘z bozor ko‘chasi, 4 uy (manzil: Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Mirzo Ulug‘bek Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi). Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 6-ichki ishlar bo‘limi telefonlari 71-260-15-60 va 102.

Top