22:10 / 30.05.2019
28302

Ramzon Qodirovning o‘g‘li “Ertug‘rul” serialida suratga tushdi (video) 

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning uchinchi o‘g‘li, 11 yoshli Adam “Ertug‘rul” turk serialida suratga tushdi. Serialning Qodirov o‘g‘li suratga tushgan seriyasidan parcha uning amakisi, Checheniston tumanlaridan biri rahbari Turpal-Ali Ibragimovning Instagram’dagi akkauntida joylashtirilgan.

“Adam barcha tomonlama rivojlanmoqda, maktabda a'lo baholarga o‘qiydi, turli mukofotlarni qo‘lga kiritgan holda sport bilan shug‘ullanadi. Filmning suratga olinishida u barcha qobiliyatlarini yaxshi tomondan namoyish qildi”, deb yozgan Ibragimov va jiyaniga “Qodirovlar sulolasining munosib davomchisi” bo‘lib ulg‘ayishni tilab qolgan.

Ta'kidlanishicha, avvalroq Ramzon Qodirov oilasi bilan birga ushbu serialni tomosha qilishini tan olgan. Checheniston rahbari Turkiyaga safari vaqtida serialning suratga olish maydonchasiga tashrif buyurib, bosh rollar ijrochilari Jyengiz Jo‘shkun va Nurettin So‘nmezni hamda rejissyor Mehmet Bo‘zdag‘ni Grozniyga taklif qilgan. Film ijodkorlari bu taklifni qabul qilib, Chechenistonga tashrif buyurishgan va Qodirov hamda yana ming otliq bilan birga milliy kiyimlarda ot sayrida ishtirok etishgan.

Top