8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

21:27 / 31.05.2019 6359

“Bellissimo Pizza” – O‘zbekistonda ilk bor “Halol” sertifikati olgan umumiy ovqatlanish tarmog‘i!

Yangi mijozlarimiz uchun tanishuv

·        “Bellissimo Pizza" – bu nafaqat mazali pitssa, balki endi halol sertifikatga ega bo‘lgan umumiy ovqatlanish tarmog‘i!

·        “Potrebitel.uz” so‘roviga ko‘ra O‘zbekiston poytaxtida “Eng yaxshi pitssa” bo‘yicha kuchli uchlikka kirgan va maxsus nishonga ega bo‘lgan brend;

·        “Bellissimo Pizza” – tezkor va bepul pitssa yetkazib berish xizmati;

·        “Bellissimo Pizza” – O‘zbekiston bo‘yicha hozircha 11ta savdo nuqtalari majmuasi va bu ko‘rsatkich muntazam oshib bormoqda;

·        Va nihoyat, “Bellissimo Pizza” – 2018 yil dekabridan franshiza yo‘nalishida ham ishlashni boshlab, ushbu yo‘nalishda 3ta savdo nuqtasi ochib ulgurgan brend;

“Halol” sertifikati nima va unga qanday zarurat bor?

O‘zbekiston oshxonasi mahsulotlari rang-barangligi va mazasi bilan butun dunyoga mashhur. Shu bilan birga mahalliy aholi va mehmonlarning aksariyati Islom diniga e'tiqod qiladi va yeguliklar halolligiga katta e'tibor qaratadi. Shunday ekan yegulikning bunday talabga javob berishi mijozlar uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Halol – bu eng birinchi navbatda sifat standartidir!

Ko‘pchilik “Halol” maqomi faqatgina ishlatiladigan go‘sht mahsulotlarini diniy talablarga ko‘ra so‘yilganligini tushunadi. Halol sertifikatlash anchagina murakkab jarayon bo‘lib, halol go‘sht mahsulotlaridan foydalanishdan tashqari barcha ishlatiladigan ingrediyentlar ham halol standartlarga javob berishi, tozalikka qat'iy rioya etilishi va mahsulotning to‘g‘ri saqlanishini o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, “Halol” sertifikatida ham boshqa xalqaro sertifikatlar kabi oziq-ovqatning gigiyenik va sifat standartlariga katta ahamiyat beriladi.

Mijozga qanday afzalliklar taqdim etiladi?

“Bellissimo Pizza” tarmoqlaridan xarid qilgan har bir mijoz bu mahsulotning barcha masalliqlari halolligiga va har qanday GMOlardan xoli ekanligiga shubha qilmay, bu haqda tashvishlanmay iste'mol qilishi mumkin. Bundan tashqari yegulik tayyorlash jarayonida tozalik, sifat va maza bo‘yicha o‘z ichki talablarimiz borki, bularning barchasi mijozlarimizning aynan “Bellissimo Pizza”ni tanlashlariga zamin yaratadi!

Biz sizni O‘zbekistonda ilk bor “Halol” sertifikati olgan BELLISSIMO PIZZA tarmog‘ida kutamiz va ishontirib aytamizki, har bir savdo nuqtamizdagi mahsulot yuqoridagi talablarga to‘la javob beradi!

Ma'lumotlar uchun telefon: (71) 2036666 yoki 1174 qisqa raqami.

Reklama huquqi asosida

Top