8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

10:00 / 31.05.2019 3221

DXA aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganlik uchun javobgarlik borligini eslatdi

Foto: O‘zA

Davlat xizmatlari agentligi aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganlik uchun javobgarlik muqarrar ekani haqidagi eslatma bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 215.5-moddasiga asosan: 

- davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda;

- davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda;

- arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda;

- davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi

Davlat xizmatlari agentligi organlari tomonidan quyidagi turdagi ma'muriy jazo choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi:

mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Top