8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

17:11 / 31.05.2019 14409

Mersedes Benz o‘rindig‘i ostiga nima yashirilgan edi?

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona xodimlari respublikaga sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarining noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh qilishdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro D.M. boshqaruvidagi Mersedes Benz rusumli avtotransport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning saloni va haydovchi o‘rindig‘i ichki qismiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, qiymati 25 million so‘mlik 855 dona tibbiyotda foydalaniladigan har xil o‘lchamdagi “Vikril” (ketgut) iplari borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Top