12:21 / 31.05.2019
16332

Rossiya O‘zbekistonga o‘z milliy loyihalarini ham eksport qilmoqchi

Foto: Aleksandr Miridonov / Kommersant'

30 may kuni Urganchda Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari darajasida qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda «'».

Rossiya O‘zbekiston bilan iqtisodiy siyosatga bo‘lgan yondashuvlar bo‘yicha tajriba almashadi - ichki milliy loyihalar ishlanmalarini bo‘lishadi.

Rossiya hukumati milliy loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning barcha bosqichlari bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqchi - maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirish, Rossiya hamda O‘zbekiston hududida ularni amalga oshirish doirasida hamkorlik.

Rossiya Iqtisodiyot vazirligi rahbari Maksim Oreshkinning aniqlik kiritishicha, «Mehnat samaradorligi» milliy loyihasi sinov loyiha sifatida tanlangan - keyin barcha milliy loyihalar haqida so‘z yuritiladi. U o‘zbekistonlik hamkorlarga Moskva jiddiy niyatda ekanini bildirgan:

«Markaziy Osiyo mintaqasi AQSh uchun Xitoy bilan qarama-qarshilikda muhim ahamiyatga ega, Rossiya uchun esa -  O‘zbekiston geosiyosiy o‘yindagi muhim qarta emas, balki loyihalar, iqtisodiyotni birgalikda rivojlantirish mumkin bo‘lgan chuqur va yaqin hamkor», - dedi Oreshkin.

Rossiya strategik sherik sifatida «ochilgan oynadan» faol foydalanmoqda - Dmitriy Medvedevning bildirishicha, Rossiyaning O‘zbekistonga kiritgan kapitallari jami 9 milliard dollarga baholanmoqda. 

Top