14:25 / 01.06.2019
11378
Reklama

"Aloqabank" O‘zbekiston asalarichilar uyushmasining binosini to‘liq kapital ta'mirdan chiqardi

Foto: Aloqabank

AT "Aloqabank"ning moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston asalarichilar uyushmasining binosi to‘liq kapital ta'mirlanib, qurilish ishlari yakunlandi.

O‘zbekiston asalarichilar uyushmasining kapital rekonstruksiya qilingan binosida respublikaning barcha hududiy uyushmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi uyushma ma'muriyati, O‘zbekistonning barcha hududlaridan keltirilgan turli assortimentga ega bo‘lgan asal va asalarichilik mahsulotlariga ega “Asal olami” savdo markazi, asalarichilikka ixtisoslashgan veterinar apteka, asalarichilik uskunalar va zamonaviy texnologik liniyalarni lizing asosida yetkazib beruvchi «ALOQALIZING» MChJ, asalari mahsulotlari va asalarilarni chaqtirish bilan davolashga ixtisoslashgan “Apiterapiya” meditsina markazi, asal sifatini aniqlovchi laboratoriya markazi tashkil etildi.

AT “Aloqabank" va O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi ta'sischiligida sub'yektlarga asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar, uskunalar, jihozlar, shuningdek, asalni qadoqlash bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalarni lizingga berishdan iborat bo‘lgan «ALOQALIZING» MChJ lizing kompaniyasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasida asalarilarni ko‘chirish va joylashtirish  tartibi ishlab chiqildi. Mazkur tartibga muvofiq asal yig‘ish davrida talabnomaga ko‘ra, uyushmaga a'zo bo‘lgan asalarichilik  sub'yektlariga o‘rmon fondi yerlari, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar (davlat qo‘riqxonalari, muhofaza qilinadigan hududlar bundan mustasno), tog‘li va tog‘ oldi hududlaridan, tabiiy yaylovlardan, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi yerlaridan bepul foydalanish imkoniyati berildi.

Asalni qalbakilashtirganlik uchun jazo choralari qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy protsessual Kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Shuningdek, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun loyiha tayyorlandi. Bu loyihaga muvofiq, O‘zbekistonda asalarichilik bo‘yicha mutahassislar va ilmiy xodimlarni tayyorlash uchun 350 ming AQSh dollari miqdorida grant mablag‘larni jalb qilish ishlari olib borilmokda.

Ukrainadan “Karpat” zotli va Germaniyadan “Karnika” zotli 2500 dan ortiq ona arilar keltirildi. O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tashkil qilingan vaqtdan buyon O‘zbekistondan asal eksport qilish bir necha baravarga oshdi, asalari paketlarini eksport qilish 1,5 barobarga ko‘paydi va ularning soni 207 ming donaga yetdi, umumiy valuta tushumlari bir yarim martaga oshdi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish hisobiga qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot olinmoqda. Faqatgina asalarilarni bog‘ va dalalarda to‘g‘ri joylashtirish va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirish hisobiga ushbu ko‘rsatkichni 4,0 trillion so‘mga yetkazish mumkin.

Aholi orasida asalari mahsulotlari iste'mol qilishni targ‘ib qilish,  ularning inson salomatligiga ta'siri, O‘zbekistonning barcha asalarichilarini birlashtirish, intensiv texnologiyalarni joriy etish va tajriba almashinish, asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorda belgilangan vazifalarni bajarish samaradorligini oshirish, asalarichilik sub'yektlarining faoliyatini qo‘llab quvvatlash va muvofiqlashtirish, asalarichilarning muammolarini muhokama qilish va ularning yechimini aniqlash maqsadida 2017-2018 yillarda “Asal bayrami” o‘tkazildi. Uning tashabbuskorlari AT “Aloqabank”  va O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi hisoblanadi.

Asalarichilik sohasida har yili 15% o‘sish sur'atlari saqlanib qolmoqda. Hozirgi kunda 14 mingdan ortiq asalarichilik sub'yektlari faoliyat olib borib, 870 mingdan ortiq asalari oilalarini boqib kelmoqdalar. 2019 yil davomida respublikamizda asal yetishtirish hajmlarini 19 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Eng asosiysi – asalarichilar davlat tomonidan sohani real qo‘llab-quvvatlanayotganini his qilishmoqda. Davlat asalarilarni nafaqat asal yetishtiruvchi sifatida, balki asalarilarni qishloq xo‘jaligi ekinlarini asosiy changlatuvchisi va bog‘ hamda dalalarning hosildorligini sezilarli darajada oshirib beruvchisi sifatida qaramoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top