9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

00:25 / 01.06.2019 41286

AQShda “Qiyomat kuni samolyoti”ning ichi namoyish qilindi (video)

AQShda jurnalistlar AQShning oliy siyosiy va harbiy rahbariyatiga mo‘ljallangan E-4B samolyotining ichini namoyish qilishdi. Samolyot dunyodagi barcha qurilmalar bilan bog‘lanish uchun 60 ta sun'iy yo‘ldosh tarelkasi va antennalar bilan jihozlangan.

Samolyot yadro zarbasi holatida kerak bo‘ladi va haftasiga 7 kun davomida 24 soatdan uchishga tayyor.

Shunday samolyotlardan biri ekipaji a'zosining aytishicha, samolyotlar o‘zidan 
“zaxira Pentagon”ni aks ettiradi.

E-4B samolyoti Boeing 747 negizida qurilgan va 1980 yildan beri ishlatib kelinadi. Ayni vaqtda AQShda bunday samolyotlardan 4 ta bor. Ular Nebraska shtatidagi Offatt aviabazasida turadi.

Samolyotda 18 ta karavot, 6 ta vannaxona, oshxona, anjumanlar zali, ishchi o‘rinlar va AQSh mudofaa vazirligi rahbariyati uchun kabinet bor.

Samolyot 112 kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Uning boshqa ko‘rsatkichlari maxfiylashtirilgan.

Top