22:00 / 01.06.2019
18505

Azar «Real»da o‘ziga raqam tanlab qo‘ydi

«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar «Real» klubiga o‘tsa, qaysi raqamli futbolkada to‘p tepishi ma'lum bo‘ldi.

Daily Express xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi 7-raqamni oladi, chunki, uning sevimli 10-raqamini Luka Modrich band qilgan.

Avvalroq, Azarning transfer qiymati 130 million yevroga teng ekani, madridliklar prezidenti Florentino Peres 28 yoshli futbolchining transferini keyingi haftada e'lon qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Real»da 7-raqam ostida Raymon Kopa, Emilio Butrageno, Xuanito, Raul va Krishtianu Ronaldu to‘p tepgan.

Mavzuga oid
Top